Aravacha — bir milliondan boshlanadigan xarid. Xato tanlasangiz, aravacha koridorda turadi, bolani qo’lingizda ko’tarib yurasiz. Toshkentda odatiy talablarga (yengillik, yig’ilish, lyulka) yana bittasi qo’shiladi — bizning yo’llarimizda omon qolish. Chuqurlar, bordyurlar, pandus yo’q. Shaharda sotiladigan uch brendni taqqoslaymiz: Joie, Carrello va Anex.
Har bir brend haqida
Joie — britan brendi, hamyonbop
Joie — Britaniya kompaniyasi (ishlab chiqarish — Xitoy, Malayziya). Narx va funksionallik nisbati — asosiy afzalligi. Joie Chrome, Litetrax, Mytrax — shahar uchun tekshirilgan modellar.
Carrello — xitoy ishlab chiqarishi, italyan dizayn
Carrello — italyan brendi sifatida sotiladi, lekin ishlab chiqarish Xitoyda. Bu minus emas — dunyodagi aravachalarning yarmi Xitoyda yasaladi. Carrello MDB da qulay narx va yaxshi sifat tufayli mashhur bo’ldi.
Anex — polyak premium
Anex — haqiqiy Polsha, zavod Yevropada. Bu premium segment: material sifati, o’ylangan konstruksiya, Yevropa xavfsizlik standartlari. Anex e/type, Cross, IQ — 3-5 yil xizmat qiladi.
Toshkent sharoitida taqqoslash
G’ildiraklar — bizning yo’llar uchun asosiy
| Parametr | Joie | Carrello | Anex |
|---|---|---|---|
| Orqa g’ildirak | 17-22 sm | 20-24 sm | 25-30 sm |
| Oldingi g’ildirak | 15-17 sm | 17-20 sm | 20-24 sm |
| Turi | EVA ko’pik / puflangan | EVA ko’pik | Puflangan / gelli |
| Amortizatsiya | Prujinali | Prujinali | Prujina + ressorali |
Toshkent uchun: Anex — aniq lider. Katta puflangan g’ildiraklar har qanday bordyurdan o’tadi. Carrello — o’rta. Joie kichik g’ildirakda — faqat savdo markaz va tekis asfalt.
Og’irlik va yig’ilish
| Parametr | Joie | Carrello | Anex |
|---|---|---|---|
| Og’irlik (shassi + sayr) | 8-11 kg | 10-13 kg | 13-16 kg |
| Gentra bagajnikka sigadimi | Ha | Ha (zo’rg’a) | Qiyinchilik bilan |
5 qavatda liftsiz yashayapsiz — Joie. Lift bor yoki hovli uy — Anex. Carrello — o’rtasida.
Narx
| Brend | 2-in-1 (lyulka + sayr) | 3-in-1 (+ avtokreslo) |
|---|---|---|
| Joie | 3-5 mln so’m | 5-7 mln so’m |
| Carrello | 3-6 mln so’m | 5-8 mln so’m |
| Anex | 7-12 mln so’m | 10-15 mln so’m |
Farq — 2-3 barobar. Lekin Anex ni bir yildan keyin 60-70% narxda sotsa bo’ladi. Joie va Carrello 50-60% yo’qotadi.
Qaysi holatda qaysi birini tanlash
- Joie — byudjet cheklangan, lift yo’q, tekis yo’llar va SM da yurasiz
- Carrello — narx va o’tkazuvchanlik balansi, oddiy toshkent ko’chalari uchun
- Anex — bitta aravacha 3 yilga, parklar va notekis yo’llar, lift bor, katta mashina
Toshkent onalaridan maslahat
Ideal variant: Anex yoki Carrello 2-in-1 asosiy sifatida + yengil Joie sayohat va magazinlar uchun.
Uchala brend ham brandyol.uz da bor — Toshkent bo’ylab yetkazib berish, kafolat, original.







































