KATALOG

Chaqaloq vanna uchun ko'pik

Yaqinda ko'rgan mahsulotlar

Bolalar vanna ko’pigi — ko’z yoshsiz va tabassumli cho’milish

Chaqaloq uchun cho’milish — butun bir dunyo. Iliq suv, pufakchalar, onaning qo’llari. Va birdan ko’pikcha ko’zga tushdi, bola yig’laydi, butun cho’milish buzildi. Tanishmi? «Ko’z achitmaydigan» bolalar ko’pigi — bu marketing emas, neytral pH li haqiqiy formula.

Brendlar

HiPP — 6 ta mahsulot. Nemis organik brend, Yevropada №1. Babysanft bodom moyli ko’pik, romashka ekstraktli (kechki cho’milish, uxlashdan oldin tinchlantirad), dengiz tuzli. SLS siz, parabensiz. Tarkibi shu qadar toza — pediatrga ko’rsatish mumkin.

Bimunica — 2 ta. Italyan brendi, yumshoq formula. Kundalik cho’milish uchun. Toshkent suvida ham yaxshi ko’piradi. Qulay narx.

Martinelia — 1 ta. Ispaniya, 3 yoshdan oshgan qizlar uchun. Chicco — 1 ta, Baby Moments romashka va E vitamini bilan, tug’ilishdan mos.

Qanday to’g’ri ishlatish

Suv to’ldiring (36-37°C), 1-2 qopqoq ko’pik qo’shing, qo’l bilan aralashtiring. Oqim ostiga qo’ymang — ko’p ko’pik bo’ladi. 10-15 daqiqa cho’miltirib, toza suv bilan chayqang.

Kechki cho’milish uchun HiPP Babysanft romashkali. Romashka bo’shashtiradi, xushbo’yi yengil. Ko’p onalar buni uxlashdan oldingi kundalik ritual qiladi.

Ko’pik va bola terisi

Atopik dermatit yoki juda quruq teri bo’lsa — ko’piksiz, faqat toza suv bilan cho’miltiring. Ko’pikni haftada 1-2 marta qo’shing. Normal teri — har kuni zararsiz, cho’milgandan keyin namlantiruvchi krem suring.

Brandyol’da barcha vositalar asl. Toshkentga buyurtma kuni yetkazamiz. Qabul qilganda to’lash.

Savatda 0
Yaqinda ko'rilgan 0
Telegram orqali buyurtma