KATALOG
Jami 17 ta mahsulot

Ko'p beriladigan savollar

Bug' yoki mikroto'lqinli sterilizator — farqi nima?
Elektr bug' sterilizatori (Baby Brezza, Philips Avent elektr, Momcozy) ko'proq sig'imli va mustaqil ishlaydi — qo'yib keting. Mikroto'lqin sterilizatori (Philips Avent MV uchun) ixchamroq va arzonroq, sayohat uchun qulay, lekin kam butilka sig'adi. Ikkisi ham bir xil samarali — bug' bilan 99,9% sterilizatsiya.
Butilkalarni qancha tez-tez sterilizatsiya qilish kerak?
3 oygacha — har emizilgandan so'ng yoki kuniga kamida bir marta. 3 oydan 12 oygacha — agar butilkalar ishlatilgandan so'ng darhol yuvilsa, kuniga bir marta kifoya. 12 oydan keyin bolaning immuniteti etarli darajada shakllanadi — issiq suv bilan yaxshilab yuvish mumkin.
Baby Brezza sterilizatori barcha butilkalarga mosmi?
Baby Brezza One Step Sterilizer barcha mashhur brendlar butilkalari bilan mos: Philips Avent, Dr.Brown's, Tommee Tippee, Chicco, Suavinex, Comotomo, BIBS va boshqalar. Shuningdek so'rg'ichlar, emizgichlar, gryzunoklar va sut soqqich qismlarini ham sterilizatsiya qiladi.

Butilka sterilizatori — 99,9% bakteriya 6 daqiqada

Birinchi olti oyda chaqaloq immuniteti endigina shakllanadi. Butilkalar, so’rg’ichlar, emiziklar, sut so’rg’ich qismlari — chaqaloq og’ziga tegadigan hamma narsa steril bo’lishi kerak. Qozonda qaynatsa bo’ladimi? Bo’ladi. Lekin bug’li sterilizator tezroq, xavfsizroq (kuyib qolmaysiz) va ohak qoldirmaydi.

Bizdagi sterilizatorlar

Suavinex (Ispaniya) — 5 model. 3 in 1 bug’li sterilizator: elektr + mikroto’lqin + quritgich. Kompakt, chiroyli dizayn.

Baby Brezza (AQSh) — 5 model. One Step Sterilizer Dryer — sterilizatsiya + HEPA filtrli havo bilan avtomatik quritish. Quruq va steril butilkalarni chiqarasiz.

Philips Avent (Niderlandiya) — 3 model. 6 ta butilka sig’adi, 6 daqiqa sterilizatsiya. Barcha brendlar butilkalariga mos. Yopiq qopqoqda 24 soat steril qoladi.

Dr. Brown’s (AQSh) — 2 model. Deluxe — bug’li, quritish funksiyali. Dr. Brown’s butilkalarining ichki kanali uchun maxsus loyihalangan.

Momcozy (Xitoy) — 1 model. 8-in-1 — sterilizatsiya, quritish, isitish, saqlash. Kompakt, qulay narx.

Bug’ vs qaynatish — nega bug’ yaxshi

Qaynatish: 10-15 daqiqa, butilkalarda ohak qatlami (Toshkent suvi qattiq), silikon buzilishi mumkin, issiq qozon xavfli.

Bug’li sterilizator: 6-8 daqiqa, ohak yo’q, silikonga ehtiyotroq, avtoo’chish, xavfsiz.

Qachagacha sterilizatsiya qilish kerak

0-6 oy: har ishlatgandan keyin. Immunitet yetilmagan.

6-12 oy: kuniga bir marta yetarli.

1 yoshdan keyin: majburiy emas — yuvish yetarli. Kasallikda (ich infeksiyasi) — sterilizatsiya qiling.

Nimalarni sterilizatsiya qilsa bo’ladi

  • Butilkalar (barcha brendlar)
  • So’rg’ichlar va emiziklar
  • Sut so’rg’ich qismlari
  • Nibler, ichimlik qopqoqlari
  • Bo’lmaydi: metall buyumlar, xavfli plastik (PP/PPSU belgisiz)

Savatda 0
Yaqinda ko'rilgan 0
Telegram orqali buyurtma