KATALOG

Teri toshmasi uchun krem — chaqaloq terisini himoya va davolash

Jami 26 ta mahsulot

Ko'p beriladigan savollar

Sudocrem yoki Desitin — oprelostdan qaysi biri yaxshiroq?
Ikkalasi ham ajoyib. Sudocrem — universal krem (antibakterial, yallig'lanishga qarshi, bitiruvchi). Desitin Maximum (40% rux) — kuchli oprelostda eng samarali. Kundalik profilaktika uchun Desitin Daily Defense yumshoqroq. Ko'p onalar ikkalasin ham saqlaydi.
Har taglik almashtirganada krem surish kerakmi?
Oprelost bo'lmaganda — shart emas, lekin profilaktika uchun yupqa qatlam baryer krem (Mustela, Sanosan) surish tavsiya etiladi. Qizarishda — har almashtirganada majburiy, davolovchi krem (Sudocrem, Desitin) ishlating. Toza quruq teriga suring.
Mustela Barrier Cream va Sudocrem orasidagi farq nima?
Mustela — tabiiy tarkibli premium krem, profilaktika va yengil qizarish uchun ideal. Sudocrem — rux oksidi va antibakterial komponent bilan davolovchi krem, kuchli oprelostda yaxshiroq. Ikkalasin saqlash tavsiya: Mustela kundalik parvarish uchun, Sudocrem davolash uchun.

Oprelost kremi — chaqaloq terisi allaqachon qizarganida

Chaqaloqda oprelost paydo bo’lsa — bu siz yomon onasiz degani emas. Chaqaloq terisi juda yupqa, taglik esa nam muhit hosil qiladi. Qizarish bir necha soatda paydo bo’lishi mumkin. Ba’zan bir kechadayoq. Ertalab taglikni yechiб qarasangiz: qizil dog’lar, chaqaloq yuvilganda yig’laydi. Tanishmi?

Asosiysi — vahimaga tushmaslik. Davolovchi oprelost kremi kerak, faol moddalar yuqori konsentratsiyada. Oddiy taglik osti kremi bilan adashtirmang — u profilaktika uchun, bu esa allaqachon boshlangan qizarishni davolash uchun.

Oprelostni nima bilan davolash: bizdagi vositalar

Desitin Maximum Strength (40% rux oksidi) — eng kuchli krem. 40% rux oksidi — jiddiy to’siq himoya. Toza quruq teriga qalin qatlam suring. AQSh standarti, pediatrlar og’ir oprelostlarda buyuradi.

Mustela Vitamin Barrier Cream (1-2-3) — frantsuz formulasi, Avocado Perseose kompleksi bilan. Teri to’sig’ini tiklaydi, yallig’lanishni tinchlantiradi. O’rtacha oprelostlar va sezgir teri uchun.

Sudocrem — irlandiyalik klassika, 80 yildan beri butun dunyoda ishlatiladi. Rux oksidi + lanolin + antiseptik. Oprelostlar, mayda yaralar, kuyishlarni davolaydi. Tejamkor — bitta banka bir necha oyga yetadi.

Bubchen — nemis kremi, pantenol va rux oksidi bilan. Yumshoq ta’sir. Yengil qizarishlarga mos.

Bimunica — italyan ishlab chiqarish, rux va tabiiy moylar bilan. Byudjet variant, lekin ishlaydi.

Oprelost darajalari

1-daraja (yengil): burmalar orasida kichik qizarish. Bubchen yoki Bimunica yetarli, har taglik almashtirishda 15-20 daqiqa havo vannasi.

2-daraja (o’rtacha): yorqin qizarish, chaqaloq yuvilganda yig’laydi. Desitin Daily Defense yoki Mustela 1-2-3 kerak.

3-daraja (og’ir): qizil ho’l dog’lar, yoriqlari bor, chaqaloq tegishdan baqiradi. Desitin Maximum Strength 40% — qalin qatlam. 2-3 kunda o’tmasa — pediatrga. Zamburug’ infeksiyasi bo’lishi mumkin.

Qachon shifokorga borish kerak

  • Oprelost 3-4 kunda o’tmasa
  • Pufakchalar, yiringli toshmalar paydo bo’lsa
  • Qizarish taglik zonasidan tashqariga tarqalsa
  • Chaqaloqda harorat ko’tarilsa

Davolash qoidalari

  1. Quruqlik. Yuvgandan keyin yumshoq sochiq bilan siqlang, ishqalamang. 5-10 daqiqa havo vannasi.
  2. Qalin qatlam krem. Ayamang — krem teri va taglik orasida to’siq bo’lishi kerak.
  3. Har safar yuvmang. Iflos qatlamni oling, yangi qatlam suring.
  4. Tez-tez taglik almashtiring. Har 2-3 soatda, ich ketganda — darhol.

Savatda 0
Yaqinda ko'rilgan 0
Telegram orqali buyurtma