Bu kategoriyadagi brendlar
Shuningdek ko‘ring
Ovqatlantirish stulchasi — yillar davom xizmat qiladiganini qanday tanlash
Bola qo’shimcha ovqat yey boshlaganda (odatda 6 oyda), ovqatlantirish stulchasi eng muhim xaridlardan biriga aylanadi. Bu faqat «bola o’tiradigan joy» emas. To’g’ri stulcha — xavfsiz o’tirish, onaga qulaylik va stol boshida «o’z joyim» odatini shakllantiish.
Brendlar
Joie — 5 ta model. Britan brendi. Multiply — 6-in-1 transformer: baland stulcha, past stulcha, buster, katta bola stuli, o’yin stuli, stol. Bir marta olasiz — 6 oydan 6 yoshgacha ishlatasz. Mimzy Snacker — ixcham, yig’ma, kichik oshxonalar uchun.
Chicco — 3 ta model. Italyan klassikasi. Polly Magic — dunyodagi eng mashhur stulchalardan. 4 orqa suyanchiq, 8 balandlik holati, olinadigan patnis. Anex — 1 ta, polsha brendi. KikkaBoo — 1 ta, qulay narxda yaxshi funksional. Peg Perego — 1 ta, italyan premium, charm qoplama, yillar davom yangi ko’rinadi.
Nimaga e’tibor berish kerak
Xavfsizlik kamarlari — albatta 5 nuqtali. Bola faol, kamarsiz sirpanib tushishi mumkin. Barqarorlik — bola tebranganida ham ag’darilmasin. Patnis — olinadigan va oson yuviladi. Yig’ilishi — oshxona kichik bo’lsa, bu muhim.
Necha oydan
6 oydan — bola ishonchli o’tirganda va qo’shimcha ovqat boshlanganda. Ba’zi modellar (Joie Multiply, Chicco Polly) 4-5 oydan yarim yotgan holat bor — lekin ovqatlantirish uchun emas, oila yonida bo’lish uchun.
Toshkentga yetkazib berish — bepul. Yig’ib yuboramiz. O’zbekiston bo’ylab 1-3 kun. Qabul qilganda to’lash.






















































