Bolalar krovatlari
Bu kategoriyadagi brendlar
Shuningdek ko‘ring
Bolalar krovatkalari — Toshkentda sotib olish
Birinchi krovatka — bu shunchaki mebel emas. Chaqaloq birinchi 6 oy davomida kuniga 14-16 soat shu yerda oʻtkazadi. Qanchalik xavfsiz va qulay boʻlsa, bolaning uyqusi shuncha yaxshi. Va sizniki ham.
Katalogda nima bor
Chicco — italiya brendi, 4 model. Chicco Next2Me — sizning karavotingizga mahkamlanadigan krovatka. Bola yoningizda, lekin oʻz xavfsiz joyida. Tungi ovqatlantirish — qoʻl cho’zdingiz, emizdiingiz, turmasdan. Next2Me Magic — 6 ta balandlik va ogʻish. Next2Me Forever — 4 yoshgacha oʻsadi.
Joie — ingliz brendi, 2 model. Kubbie Sleep — sumkaga bukiladigan ixcham krovatka-manej. Buviga yoki dachaga sayohat uchun ideal. Excursion — ikki darajali manej-krovatka + pelenkash.
Carrello — Piccolo krovatka-manej: beshik, mobil va vibratsiya bilan. Byudjet «hammasini bir joyda» varianti.
Happy Baby — Milly ixcham krovatka, toʻrli devorlar bilan ventilyatsiya. Yengil, zamonaviy, arzon.
Pristavnoy yoki alohida
Pristavnoy krovatka (Chicco, Happy Baby) — birinchi 6 oy uchun eng yaxshi. Bola yoningizda, har nafasini eshitasiz. JSST birinchi 6 oy bir xonada yotishni tavsiya qiladi — pristavnoy krovatka buni xavfsiz amalga oshiradi.
Manej-krovatka (Joie, Carrello) — universalroq. Kunduz manej, tungi krovatka. Yengil bukiladi. Sayohat va kichik uylar uchun yaxshi.
Xavfsizlik
Panjaralar orasidagi masofa — 6 sm dan koʻp boʻlmasin. Matras devorga zich joylashsin — oralig’i 2 barmoqdan koʻp boʻlmasin. Birinchi 12 oy krovatga yostiq, koʻrpa, oʻyinchoq qoʻymang.





































