Nibbler
Shuningdek ko‘ring
Bolalar uchun niblerlar — Toshkentda sotib olish
Bolaga 5-6 oy, prikorm boshlanadi, meva bermoqchisiz, lekin qoʻrqasiz — boʻgʻilib qolsa-chi. Nibler — bu toʻrli yoki silikonli idish: ichiga olma, banan yoki qaynatilgan goʻsht boʻlagini solib, bola xavfsiz chaynaydi. Boʻlaklar toʻrdan oʻtmaydi, faqat shira va pyure. Hech qanday xavf yoʻq.
Nibler — mustaqil ovqatlanishga birinchi qadam. Bola chaynashni oʻrganadi, yangi taʼmlarga oʻrganadi, milklarini massaj qiladi (ayniqsa tish chiqayotganda).
Katalogda nima bor
Boon — amerikalik brend, 4 model. Boon Pulp — silikonli nibler, bola oʻzi siqib pyure chiqaradi. Silikon yaxshi yuviladi, hid va rang singdirmaydi.
Royalcare — koreys brendi, 3 model. Silikonli toʻrli niblerlar. Buraluvchi porsheni bor varianti — meva yeyilgani sari toʻrga yaqinlashtirasiz.
Suavinex — ispaniyalik, dizayner tutqich va himoya qopqogʻi bilan. Silikonli toʻr toʻqima toʻrdan yumshoqroq — eng kichkinalarga qulayroq.
Silikonli yoki toʻrli
Silikonli (Boon, Suavinex) — osonroq yuviladi, rezavordandan qorayib ketmaydi, hid singdirmaydi. Uzoqroq xizmat qiladi.
Toʻrli (Royalcare) — shira tezroq oʻtadi, bola koʻproq taʼm oladi. Lekin sabzi va lavlagidan boʻyaladi, toʻrni 2-3 haftada almashtirish kerak.
Niblerga nima solinadi
Mevalar: banan, olma, nok, shaftoli. Sabzavotlar: qaynatilgan sabzi, qovoq, brokkoli. Rezavorlar: qulupnay, malina (allergiya boʻlmasa). Goʻsht: qaynatilgan tovuq, kurka.
Mumkin emas: xom sabzi, yongʻoq, butun uzum, urug’li narsalar.








































